O'ZBEKISTON RESPUBLIKASIDA IQTISODIYOTNING TUTGAN O'RNI
1 daqiqa o'qish
Mamlakatimiz iqtisodiyotini rivojlantirishda “O‘zbek modeli” ijtimoiy-iqtisodiy salohiyatimizni, xalqimizning davlatchilik tarixini, milliy va diniy qadriyatlarimizni hamda jahon tajribasini hisobga olgan holda ishlab chiqilgan.
Mazkur model iqtisodiyotning siyosatdan ustunligi, davlatning bosh islohotchi sifatidagi ahamiyati, qonun ustuvorligi, kuchli ijtimoiy siyosat yuritish hamda bozor iqtisodiyotiga bosqichma-bosqich o‘tish kabi mashhur besh tamoyilga asoslanadi.
Ushbu tamoyillar asosida O‘zbekistonda bozor iqtisodiyotiga asoslangan huquqiy demokratik davlat qurish va mamlakat iqtisodiy salohiyatini yanada rivojlantirish jarayoni davom etmoqda.